Poyasi er bagʻirlab oʻsivchi, palakli oʻsimlik, gajaklari oddiy. Oʻsimligi 4-5 ta barg xosil qilgach, erga yotib, yoyilib palak otadi yoki gajaklari yordamida atrofdagi narsalarga chirmashib oʻsadi. Poyasi shoxlanuvchan, yomoloq, yumoloq-qirrali yoki qirrali, tuklar bilan qoplangan boʻladi. Asosiy poya, soʻngra uning barg qoʻltiqlaridan birinchi tartibli va ikkinchi tartibli yon shoxlar hosil boʻladi. Bodring oʻsimligi naviga, oziqlanish maydoni va haroratga bogʻliq xolda sust, oʻrtacha va kuchli shohlanuvchan boʻladi.